Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkent shahrida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi tashkil etiladi

Toshkent shahrida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi tashkil etiladi


“Toshkent shahrida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (446-son, 18.08.2026 y.) qabul qilindi.

🏛 Qarorga ko‘ra, Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutit huzurida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi (Markaz) tashkil etiladi.

🔰 Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

➖ maktabgacha ta’lim sohasidagi mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

YUNESKOga a’zo mamlakatlarning maktabgacha ta’lim dasturlari va usullari bilan bog‘liq qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish;

➖ bolalarni erta rivojlantirishga qaratilgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish;

2030 yilgacha maktabgacha ta’lim sohasidagi Toshkent deklarasiyasi ijrosi yuzasidan monitoringni amalga oshirish va davriy hisobotlar tayyorlash;

➖ maktabgacha ta’lim sohasida pedagog kadrlarni qayta tayyorlashda yangi yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro trening, seminar va konferensiyalarni tashkil etish.
Kiritildi: 21:28 19.08.2026. O'qildi: 368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!