Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiya hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “E.D.”, “D.S.”, va “V.N.” MCHJ mas’ul shaxslari savdo shoxobchalarida yaroqlilik muddati o‘tgan energetik ichimliklar hamda tegishli hujjatlari bo‘lmagan alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganliklari, shuningdek “QR kod" markirovkalarining nusxasidan takror foydalan kelganliklari aniqlanib, umumiy bahosi 1,1 mlrd so‘mlik energetik va alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.