Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.SH. “Eski Jo‘va” dehqon bozori yonida o‘zboshimchalik bilan tashkil etga savdo rastasida turli nomdagi xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 1 050 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.