Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkent shahrida 800 nafar fuqaro uy olaman deb 200 mlrd so‘mdan ortiq pullaridan ayrildi

Toshkent shahrida 800 nafar fuqaro uy olaman deb 200 mlrd so‘mdan ortiq pullaridan ayrildi

Ma’lum qilamizki, Toshkent shahrida fuqarolarga ko‘p qavatli uylarni shartnoma orqali muddatli to‘lov asosida sotish bilan shug‘ullangan “IN-FIN-STROY-INVEST” va “CREDIT HOUSE” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi IIV huzuridagi Tergov departamenti ish yurituviga olingan.

Mazkur jinoyat ishi doirasida 800 nafar fuqarolar jabrlanuvchi deb topilgan bo‘lib, umumiy 209 mlrd. 263 mln. so‘m zarar aniqlangan. Ishga aloqador 5 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Hozirda, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov boshchiligida tegishli mutaxassislar jalb etilgan holda Maxsus tezkor shtab tuzilgan bo‘lib, IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti binosida har kuni soat 09-00dan 21-00ga qadar ish olib bormoqda.

IIV huzuridagi Tergov departamenti tergovni har tomonlama to‘liq amalga oshirish uchun "IN-FIN-STROY-INVEST" va “CREDIT HOUSE” MCHJ faoliyatidan jabrlangan fuqarolardan Tezkor shtabga murojaat qilishlarini so‘raydi,- deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:26 27.05.2025. O'qildi: 796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!