Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent shahri yonida "Yangi Toshkent" quriladi: bosh reja taklif etildi

A A A
Toshkent shahri yonida "Yangi Toshkent" quriladi: bosh reja taklif etildi

Britaniyalik arxitektorlar Toshkent shahri yonida "yangi Toshkent" bosh rejasini taklif qilishdi, deb xabar qilmoqda MyDay kanali.    

Unga ko‘ra hozirgi Toshkent shahrining janubi-sharqiy tomonida umumy maydoni 20 000 gektar bo‘lgan yangi shahar barpo etiladi. U yerda turar joylar, ma’muriy binolar, biznes siti va boshqa binolar paydo bo‘ladi. Shuningdek, arxitektorlar Chirchiq daryosi o‘rtasida ulkan orol qurishni taklif etishdi.

Yangi shahar konsepsiyasida dam olish hududlari va yashil bog‘ zonalar, daryo va kanallar bo‘yida piyoda sayr qilish hududlari ulushi kengaytirilishi ham aytib o‘tilgan .

Eslatib o‘tamiz, Toshkent yangi bosh rejasini 2019 yilning aprel oyiga qadar yaratish e’lon qilingan edi. Ayni damda Xitoy, Turkiya va Buyuk Britaniyalik arxitektorlar o‘z rejalarini taklif qilishmoqda.

 

Kiritildi: 12:47 06.06.2019. O'qildi: 3637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!