Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkent shahri, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Buxoro va Toshkent viloyatlarida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahri, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Buxoro va Toshkent viloyatlarida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro J.R. fuqaro B.R.ga jami 15 000 AQSh dollarini 193,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Karmana tumanida fuqarolar J.B. va D.S. 4 385 AQSh dollarini 57 mln so‘mga sotgan vaqtida, Qarshi tumanida fuqaro A.S. 3 800 AQSh dollarini 49,6 mln so‘mga sotgan vaqtida, Mingbuloq tumanida fuqaro O.A. 3 500 AQSh dollarini 45,4 mln so‘mga sotgan vaqtida, Buxoro tumanida fuqaro H.Y. 3 100 AQSh dollarini 39,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida, hamda Yangiyo‘l shahrida fuqaro SH.G. 3 000 AQSh dollarini 39 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:20 18.02.2025. O'qildi: 1167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!