Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Toshkent shaharida 380 litr spirt sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkent shaharida 380 litr spirt sotayotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda spirt mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan V.K. fuqaro B.S.ga 119 dona yelim idishga quyilgan jami 380 litr suyuqlikni etil spirti sifatida 39,9 mln so‘m va 400 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan rangsiz o‘tkir hidli suyuqlik tarkibi texnik metanol va etil spirti qorishmasidan iborat ekanligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 08:20 11.11.2025. O'qildi: 1072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!