Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkent shahar sudi raisining sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabuli o‘tkazildi

Toshkent shahar sudi raisining sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabuli o‘tkazildi

Toshkent shahar sudi raisining 2022 yil fevral-aprel oylarida sayyor qabullar o‘tkazish haqidagi ish rejasiga asosan Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov va jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi raisi Alisher Jalilov hamda sudya Temur Kasimov tomonidan Toshkent shahar Xalq qabulxonasida sayyor qabul o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi...

Sayyor qabulda sud-huquq masalalari bo‘yicha jami 26 nafar fuqarolar qabul qilindi. Qabul qilingan fuqarolarning 16 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 10 tasi fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etadi.

Shundan 16 ta fuqaroning og‘zaki murojaati, 10 ta fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi.

Jami 26 ta murojaatlardan 21 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojatlar qanoatlantirildi.

— Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi tomonidan 4 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining 2020 yil 13 oktyabrdagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxs 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Mahkum sud tomonidan belgilangan tartiblarga to‘liq amal qilib, o‘z yashash manzili bo‘yicha ijobiy tavsiflangan va xuquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymagan. U Yakkasaroy tuman IIO FMB Probasiya bo‘limida jazoni 1 yil 3 oy 3 kun muddatini o‘tagan. Yakkasaroy tuman IIO FMB boshlig‘ining taqdimnomasi qanoatlantirilib, mahkum Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan o‘talmay qolgan jazodan shartli ravishda ozod qilindi, - deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining sudyasi Temur Kasimov.

Toshkent shahar sudi raisining sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabuli o‘tkazildi

Toshkent shahar sudi raisining sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabuli o‘tkazildi

Toshkent shahar sudi raisining sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabuli o‘tkazildi

Toshkent shahar sudi raisining sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabuli o‘tkazildi

Kiritildi: 16:48 07.03.2022. O'qildi: 4832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!