Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositasi bilan bog‘liq holat aniqlandi

A A A
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositasi bilan bog‘liq holat aniqlandi

"Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" kompleks maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari davomida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositasi bilan bog‘liq holat aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.


Joriy yilning 17 yanvar kuni soat 01:40 larda Chilonzor tumanida xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari tomonidan Malibu rusumli avtomobil to‘xtatilib, hujjatlarini tekshirish davomida yo‘lovchisi 1985 yilda tug‘ilgan K.X. o‘z xatti-harakatlari va gap so‘zidan YPX inspektorlarida shubha uyg‘otgan, xolislar ishtirokida yo‘lovchining yon atrofi ko‘zdan kechirilganda, yonidan yashil rangli, o‘tkir hidli, o‘simon giyohvandlik moddasi topilgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib tuman IIO FMBga aniqlangan modda hamda fuqaro topshirildi.

Kiritildi: 18:28 17.01.2025. O'qildi: 1457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!