Shu kunlarda firibgarlar tomonidan telegram messenjeri orqali yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilotlar rahbar hamda mas’ul xodimlari nomidan soxta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, firibgarlar korxona yoki tashklot rahbari nomidan telegram messenjerida soxta akkaunt ochib qo‘l ostidagi ishchilardan biriga SMS yozadi. Muloqot davomida xodim bilan guyoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqayotgani va undan (rahbardan) ba’zi ma’lumotlarni so‘rashganini aytadi. Birozdan so‘ng unga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi aloqaga chiqishini ma’lum qiladi.
Firibgarning, ya’ni “o‘z rahbarini” gaplariga ishongan xodim bir necha daqiqadan so‘ng unga aloqaga chiqqan shaxsga (go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili) so‘ragan barcha ma’lumotlarini berib yuboradi. Buning oqibatida firibgarlar tuzog‘iga ilingan ishchi-xizmatchilar plastik kartalaridagi pul mablag‘laridan ayrilib qolmoqda.
Agarda shu kabi holatlarga duch kelgan bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBga murojaat qilish so‘raladi. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi, deyiladi xabarda.