Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omboridan suv sizib chiqishi natijasida uning atrofidagi xavf hududidan 11,5 ming aholi evakuasiya qilinganidan xabaringiz bor.
Bugungi karantin sharoitida, favqulodda hodisa sabab qiyinchilikka duch kelgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan Sirdaryo viloyatiga 1000 ta qadoqda kundalik iste’mol uchun muhim bo‘lgan oziq-ovqat to‘plami, 5300 tonna sosiska hamda 5000 ta konservalangan go‘sht mahsulotlari yuborildi.
Ushbu hududdagi favqulodda holatni bartaraf etishda ko‘maklashish hamda sinovli kunlarda aholining og‘irini yengil qilish maqsadida yana zarur bo‘lgan yordam uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Biz qiyinchilik sharoitidagi vatandoshlarimizni hamisha qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam ko‘rsatishga tayyormiz.