Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ruchka sabab Toshkent metrosida poyezd eshigi ochiq holda harakatlandi

A A A
Ruchka sabab Toshkent metrosida poyezd eshigi ochiq holda harakatlandi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqda metroda poyezd eshiklarini yopmasdan harakatlangani haqida xabar tarqaldi. Metropoliten ma’muriyati holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 fevral kuni soat 08:55 lar atrofida "Paxtakor" bekatidan harakatlangan 6-sonli harakat tarkibining vagon yeshiklaridan birida nosozlik holati kuzatilgan.

Shu boisdan, harakat tarkibi keyingi bekatga yetib kelganida mashinist tomonidan tekshirilgan. Natijada, vagon yeshigining ariqchasiga yo‘lovchilardan birining ruchkasi tushib qolgani aniqlangan va bu esa vagon yeshiklari yopilishiga to‘sqinlik qilgan.

Hozirgi vaqtda ushbu harakat tarkibi soz holatda harakatlanmoqda.

Kiritildi: 10:04 01.02.2024. O'qildi: 1830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!