Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkent metrosida poyezd "Alisher Navoiy" bekatida to‘xtab qoldi

A A A
Toshkent metrosida poyezd "Alisher Navoiy" bekatida to‘xtab qoldi

Toshkent metrosida poyezd "Alisher Navoiy" bekatida to‘xtab qoldi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Toshkent metropolitenining holat yuzasidan bildirgan rasmiy munosabatiga ko‘ra, soat taxminan 09:15 lar atrofida O‘zbekiston yo‘nalishining "Alisher Navoiy" bekatidan harakatlanishni boshlagan 40-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan.

Buning natijasida ushbu harakat tarkibi tonnelning kirish qismida 15 daqiqa vaqt davomida to‘xtatilgan.

“Yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik va yo‘nalishda belgilangan harakat jadvali buzilmasligini oldini olish maqsadida ortidagi 39-sonli harakat tarkibi orqali tirkamaga olinib, harakat tarkibi tekshiruv yo‘lagiga olib borilgan”, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:13 13.11.2023. O'qildi: 963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!