Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent metrosida ilk bor ayollar mashinist bo‘lib ish boshladi

Toshkent metrosida ilk bor ayollar mashinist bo‘lib ish boshladi

Elektropoyezd mashinisti lavozimiga talabgorlar orasidan ilgari metropolitenning turli tuzilmalarida ishlagan 16 nafar xodim tanlab olindi.

Ayollar uchun mashinistlik bo‘yicha tanlov 2024 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan e’lon qilingan. Tanlovda metropolitenning turli bo‘limlarida ishlagan xodimalar ishtirok etgan. Nomzodlar suhbat, tibbiy ko‘rik va psixologik testdan o‘tgan.

Ular 11 oy davomida intensiv o‘quv kurslarini o‘tashgan: poyezdlardan foydalanish qoidalari, texnik tuzilishi va pnevmoqurilmalar ishlash prinsiplarini o‘rganishgan.

Ayni paytda ayol mashinistlar murabbiylar nazorati ostida ishlamoqda, ammo yaqin kelajakda ular tarkiblarni mustaqil ravishda boshqarishni boshlaydi.

Kiritildi: 10:38 08.05.2025. O'qildi: 686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!