Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent metrosi saylov kuni o‘z ishini 1 soat avval boshlaydi

Toshkent metrosi saylov kuni o‘z ishini 1 soat avval boshlaydi

Shu yilning 27 oktyabr kuni Toshkent metrosining barcha bekatlari o‘z ishini 1 soat avval ya’ni 05:00 dan boshlaydi.

Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shu yilning 27-oktyabr, yakshanba kuni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari” saylovi bo‘lib o‘tishi munosabati bilan Toshkent metropolitenining barcha bekatlari soat 05:00 dan ish faoliyati boshlanishini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Shuningdek, bu kunda yo‘nalishlarda poyezdlar harakati ish kunlari uchun tasdiqlangan doimiy jadval asosida tashkillashtiriladi.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!