9 iyun kuni Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Toshkent shahar hokimligining mutasaddi rahbarlari, tuman hokimlari, prokurorlar, ichki ishlar boshqarmasi boliqlari, Toshkentda faoliyat yuritayotgan bank tizimi mutasaddilari ishtirok etdilar.
Tanqidiy ruhda olib borilgan yig‘ilishda keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, hususan, ko‘p qavatli uylarning kommunal hizmatlaridagi kamchiliklarni hali ham bartaraf etilmagani aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida 2018-2019 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda shirkatlarning faolligi yo‘qligi, ular bugungi issiq kunlardan foydalanmay, vaqtni o‘tkazayotgani, shirkatning o‘zida ma’suliyatli rahbarning va hisobchilarning yetishmasligi, banklardan olingan kredit mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarishga salbiy ta’sir o‘tkazilishi xaqida so‘z yuritildi.
Tuman hokimlari banklar tomonidan kredit mablag‘larini yetkazilishida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi haqida gapirildi. Abdulla Aripov bank mutasaddilariga bir hafta ichida ushbu kamchiliklarni bartaraf etish haqida ko‘rsatma berdi.
Uy-joy fondi, kommunal xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy soha ob’ektlarini navbatdagi isitish mavsumiga tayyorlash, kuz-qish mavsumida barqaror ishlashni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududlarning sanitariya – tozalik holatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada jadallashtirish haqida vazifalar yuklatildi.
Banklar ta’minotidan shirkat xo‘jaliklariga ajratiladigan kreditlar, ularning o‘z vaqtida amalga oshirilishi bilan bog‘lik jarayonlar qisqa fursatlarda bajarilishi lozim. Aks holda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni ortga cho‘zilishi, buning oqibatida ta’mirtalab inshootlar va tarmoqlarda jiddiy muammolar kelib chiqishi mumkin.
Joriy yil Toshkent shahrida 577 ta uylarning tom qismi, 310 ta pod’ezd, 412 ta lift ta’mirlanishi, 242 ta bolalar maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirish kerakligi, yo‘laklar asfaltlanishi kerak edi. Hozirgi qadar ushbu amaliy ishlar 30 foizga bajarilganligini Toshkent shahar hokimi birinchi o‘rinbosari N.Mahsumov tasdiqladi. Ushbu vaziyat esa Bosh vazir tomonidan tanqid ostiga olindi va qoniqarsiz deya baholandi. Kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar va ularni ijrosini ta’minlashda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan har qanday masalaga rahbarlar mas’uliyat bilan yondashishi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda shirkatlarda o‘z vazifasini mas’uliyat bilan bajaradigan rais va hisobchilarni qo‘yish lozimligi hamda dispetcherlik xizmatining yil davomida o‘z faoliyatini olib borishi haqida takliflar kiritildi.
“Avvalambor belgilangan ishlarning sifatli bajarilishiga, bevosita ijrochilarning va tegishli korxona va tashkilot rahbarlarining ma’suliyatini oshirishga katta ahamiyat berishimiz lozim. Hademay, kuz-qish mavsumini qarshi olamiz. Uy-joy fondi, kommunal va ijtimoiy soha ob’ektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorlash qanchalik muhim ekanligini inobatga olib, barchamiz bu masalada ma’suliyatimizni to‘liq his etgan holda o‘zimizga yuklatilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda so‘zsiz bajarishimiz zarur. Aks holda xalqimiz oldidagi ishonchni oqlay olmaymiz”, deya yozmoqda Toshkent shahar hokimliging Matbuot xizmati.
Manba: qalampir.uz