Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkent “issiqlik oroliga” aylanmoqda — iqlimshunos

A A A
Toshkent “issiqlik oroliga” aylanmoqda — iqlimshunos

Bilamiz, bahorda ko‘p yomg‘ir yog‘adi, yerlar doim nam bo‘ladi, asfalt qizimaydi. Shuni hisobiga bahor va yoz oylari boshlarida Toshkent shahri bir muddat eng toza hudud maqomini oladi. Yoz o‘rtalarigacha havo isiydi.

"Undan tashqari, poytaxtda yashillik darajasi ham keskin kamayib ketgan. Bundan 15 yil ilgari shahar 20-30 foizgacha yashillilik bilan qoplangan bo‘lsa, hozir ushbu ko‘rsatkich 10-18 foizga tushib qolgan. Daraxtlar, bog‘lar va ko‘klamzorlar o‘rniga shahar binolar, yo‘llar, asfalt va beton bilan qoplangan, shaharsozlik va qurilishlar ham faol olib borilmoqda", — dedi Abdulahatov.

Oqibatda havoning yuqori issiqligi, asfalt qoplamalariga, yashillik bilan himoyalanmagan tuproq qatlamlariga singib, undagi namgarchilik darajasi yanada kamaytirib yuboradi. So‘nggi vaqtlarda ushbu hodisani ifodalovchi Toshkent “issiqlik oroli” degan tushuncha ham paydo bo‘lgan.

"Yuqori issiqlik oqibatida tuproqdan mayda chang zarrachalari havoga ko‘tariladi. Bu jarayon yoz-kuz oylarida so‘nggi 3-4 yillikda odatiy bo‘lib qoldi. Yomg‘irsiz mavsumlarda shahar havosida mayda disper zarrachalar miqdori keskin ortmoqda. Ba’zan shamol bo‘lmagan holatda ham biz “reytingda” 5,6-o‘rinlarga chiqib olyapmiz", — deya qayd etdi u.

Prognozlarga ko‘ra, endilikda harorat yuqorilab boraveradi, shahar kengayaveradi, natijada chang zarrachalari ortishiga guvoh bo‘lamiz.

Prognozlarga ko‘ra, endilikda harorat yuqorilab boraveradi, shahar kengayaveradi, natijada chang zarrachalari ortishiga guvoh bo‘lamiz.

Kiritildi: 11:55 21.11.2023. O'qildi: 2466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!