Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Ishchi guruh Toshkent IESdagi filtrlash tizimlarini modernizasiya qilish va atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirish choralari yuzasidan tavsiyalar berdi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ishchi guruhi Toshkent issiqlik elektr stansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida stansiyaning asosiy uskunalari texnik holati, isitish mavsumida korxonaning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, shuningdek, chang-gaz tozalash va filtrlash tizimlarining holati hamda ulardan foydalanish samaradorligi ko‘rib chiqildi.

Mutaxassislar tomonidan mavjud tozalash tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish, ularni bosqichma-bosqich modernizasiya qilish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu orqali tozalash samaradorligini oshirish va atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirish choralari muhokama qilindi.

Shuningdek, 9 va 10-energobloklarda yangi filtrlash uskunalarini qurish jarayoni ham ko‘zdan kechirildi.

Ishchi guruh stansiyada ekologik talablarga rioya etilishi, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ekologik xavflarning oldini olish hamda ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ham o‘rgandi.

O‘rganish yakunida mas’ul mutaxassislarga mavjud tozalash tizimlarining ishonchli ishlashini ta’minlash, uskunalarga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish va ularni modernizasiya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qayd etilganidek, bunday profilaktik tadbirlar sanoat korxonalarining ekologik xavfsizligini mustahkamlash, atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirish hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ekologik xavflarning oldini olishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 17:52 18.08.2026. O'qildi: 639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!