Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida O‘zbekiston dunyo investorlariga umumiy qiymati 75 milliard yevro (qariyb 87 milliard dollar) bo‘lgan loyihalar paketini taqdim etadi.
Forumda 102 mamlakatdan 3400 nafardan ortiq mehmon ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida yirik xalqaro banklar, investisiya fondlari, moliyaviy institutlar hamda transmilliy kompaniyalar rahbarlari va vakillari bor.
Tadbir mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish va xalqaro biznes hamkorlikni kengaytirish uchun muhim maydon sifatida baholanmoqda.
Forum doirasida energetika, sanoat, infratuzilma, raqamli texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi va boshqa strategik sohalardagi istiqbolli loyihalar taqdim qilinishi rejalashtirilgan.