Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiqning oldiga tashlagan ona ruhiy kasal ekani ma’lum bo‘ldi

Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiqning oldiga tashlagan ona ruhiy kasal ekani ma’lum bo‘ldi

Toshkent hayvonot bog‘ida ona 3 yashar qizini ayiqning oldiga tashlab yuborgani ko‘pchilikni larzaga soldi. "Holat yuzasidan zoopark xodimlari, tergovchi va shifokor bilan suhbatlashdik. Manbalarimizga ko‘ra, ona ruhiy xastalikka chalingani bois tegishli ro‘yxatda turadi", deb yozmoqda "kun.uz" nashri.

Manbaning yozishicha, ro‘y bergan hodisa haqida birinchi bo‘lib hayvonot bog‘ining xavfsizlik bo‘limi xodimi xabar topgan. U ayol kishining chinqiriq ovozini eshitgani, ovoz kelgan tomonga qarab yugurganini ta’kidlamoqda.

Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiqning oldiga tashlagan ona ruhiy kasal ekani ma’lum bo‘ldi

Ergash Mamatov, hayvonot bog‘i xavfsizlik xizmati xodimi

“Tushlik payti oshxonadan qaytishda ayiqlar saqlanadigan bo‘limdan sherlar saqlanadigan volyerga yetganimda, orqa tarafdan ayol kishining qattiq ovozdagi chinqirgani eshitildi. Tezda orqaga qaytib, ovoz kelgan tarafga yugurdim. Yo‘lda 10 yashar atrofidagi o‘g‘il bola chiqib ayiqlarning volyeriga yosh bola tushib ketgani haqida xabar berdi. Men zudlik bilan Yirtqichlar bo‘limi mudiriga telefon qildim”, deydi Toshkent hayvonot bog‘i xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Ergash Mamatov.

Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiqning oldiga tashlagan ona ruhiy kasal ekani ma’lum bo‘ldi

Voqea qahramoniga aylangan Zizu laqabli ayiq

“3-4 yoshlar atrofidagi qizcha ayiqlar saqlanadigan volyerga tushib ketgani haqida xabar berilgandan so‘ng zudlik bilan voqea joyiga yetib keldik. Xodimlarimiz ikkiga bo‘linib, ularning bir qismi ayiqni qafasiga kiritish bilan shug‘ullanishgan bo‘lsa, qolganlar esa qizchani volyer hovuziga tushib ketgan bolani olib chiqishga harakat qilishdi.

Taxminan 2-2,5 daqiqalar ichida ayiqni ichki qafasiga kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Biz volyer hovuziga tushgunimizcha bola o‘rnidan turdi. Qizchaning boshi yorilgandi. Uni tezda hayvonot bog‘i hamshirasining xonasiga olib chiqdik. Birinchi yordam ko‘rsatilgunga qadar tez tibbiy yordam xizmati xodimlari yetib kelishdi va bolani shifoxonaga olib ketishdi.

Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiqning oldiga tashlagan ona ruhiy kasal ekani ma’lum bo‘ldi

Nodir Bahromov, hayvonot bog‘ining Yirtqichlar bo‘limi mudiri

Tez yordam xodimlari yetib kelganda qizaloq haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘ldi. Shundan so‘ng uning ota-onasini qidirganimizda bir ayol 6-7 yosh atrofidagi o‘g‘li bilan kelib, onasiligini aytdi. Shu paytda ayolning ko‘zida qayg‘u yoki boshqa narsa ko‘rinmadi. Undan qizcha qanaqa qilib pastga tushib ketganini so‘raganmizda u o‘g‘li bilan ovora bo‘lib, qizi pastga tushib ketganini ko‘rmay qolganini aytdi”, deydi Nodir Bahromov.

Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiqning oldiga tashlagan ona ruhiy kasal ekani ma’lum bo‘ldi

Biroq hayvonot bog‘ining hodisani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan xodimlari ona yolg‘on gapirgani, voqea mutlaqo boshqacha tarzda rivojlanganini ta’kidlashmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ayol qafas yonidagi chiqish taqiqlangan beton to‘siq ustiga chiqib, qizini simto‘siqlardan oshirib o‘tkazgan va atrofdagilarning hoy-hoylashiga qaramay uni pastga tashlab yuborgan. Bolani qutqarishga oshiqqan noma’lum er-xotinlarning gap-so‘zlari ham unga kor qilmagan.

Toshkent hayvonot bog‘i xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Ergash Mamatov jarayon aslida qanday yuz bergani kuzatuv kameralariga tushib qolganini ma’lum qildi. Mutasaddi ushbu tasvirlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga topshirilganini aytmoqda. Videoda qizcha ayiq yashaydigan volyerga tushib ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketmagani, balki qasddan tashlab yuborilganini yaqqol ko‘rinadi.

Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiqning oldiga tashlagan ona ruhiy kasal ekani ma’lum bo‘ldi

“Hayvonot bog‘i ochilganiga 24 yil bo‘lgan bo‘lsa, men shu yerda 23 yildan beri ishlayman. Tashrif buyuruvchilarning hayvonlar saqlanadigan joyga tushib ketishi yoki tashlab yuborilishi ilgari kuzatilmagan, birinchi marta shunday holat sodir bo‘ldi.

Zizu laqabli ayiq 2016 yilda tug‘ilgan, jinsi erkak. U bu yerga 2017 yilda Bokudagi hayvonot bog‘idan olib kelingan. Ayiqlar unday insonlar uchun xavfsiz emas. Qo‘lga o‘rgatilgani bilan baribir bu – yirtqich. Tabiatda erkak ayiq hatto o‘zining bolalari uchrab qolsa, ularni yeb qo‘yadi yoki o‘ldiradi, bu ushbu turning o‘ziga xos biologiyasi.

Lekin Allohning marhamati bilan ayiq hattoki boshi qonab yotgan bo‘lsa ham qizchaga tegmadi. Xodimlarimiz ham tezgina olma, non va shunga o‘xshash yeguliklar bilan ayiqni chalg‘itib, bolaning oldidan uzoqlashtirishdi”, – deydi Nodir Bahromov.

Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiqning oldiga tashlagan ona ruhiy kasal ekani ma’lum bo‘ldi

Nodir Bahromov sodir bo‘lgan voqea natijasida jabrlangan qizning davolanishi uchun zarur xarajatlarni hayvonot bog‘i rahbariyati o‘z zimmasiga olganini ham aytib o‘tdi.

Ro‘y bergan hodisani tergov qilayotgan Yunusobod tumani prokuraturasi tergovchisi Otabek Bozorovning tergov-surishtiruv ishlarining borishi haqida ma’lumot berdi.

Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiqning oldiga tashlagan ona ruhiy kasal ekani ma’lum bo‘ldi

Otabek Bozorov, tergovchi

“28 yanvar kuni ayol kishi o‘z farzandlari – 6 yashar o‘g‘li va 3 yashar qizini olib, Toshkent hayvonot bog‘iga aylanishga chiqqan. U ayiqlar volyeri yoniga kelganda qizchasini yirtqich hayvon saqlanadigan joyga tashlab yuborib jinoyat sodir etgan. Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda. Bolaning onasi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan”, deydi Otabek Bozorov.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Bolalar jarohatlari xirurgiyasi va neyroxirurgiya bo‘limi shifokori Sobir Nasimov bolaning ahvoli hozircha o‘rtacha og‘irlikda ekanini ma’lum qildi. Shifokorning aytishicha, o‘tkazilgan bir qator tibbiy tekshiruvlardan so‘ng bolaga ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi tashxislari qo‘yilgan.

Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiqning oldiga tashlagan ona ruhiy kasal ekani ma’lum bo‘ldi

Sobir Nasimov, RSHTYOIM Bolalar jarohatlari xirurgiyasi va neyroxirurgiya bo‘limi shifokori

“Bemor – Zarina Ahadova 28 yanvar kuni soat 13:30 lar atrofida tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonamizga olib kelingan. O‘sha paytda bolaning ahvoli o‘rta og‘ir va yengil karaxt holatda edi. Tanasining bosh va yuz qismida jarohatlar izlari mavud edi.

Zudlik bilan zaruriy barcha tibbiy tashxislar o‘tkazildi. Rengenologik, tomografiya tekshiruvlar natijasiga ko‘ra bemorga bosh miyaning ochiq jarohati va bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yildi. Tekshiruvlar davomida bolaning bosh suyagida, qo‘l-oyog‘ida, umurtqa pog‘onasida sinish alomatlari topilmadi.

Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiqning oldiga tashlagan ona ruhiy kasal ekani ma’lum bo‘ldi

3 yoshu 4 oylik Zarina Ahadova, jabrlanuvchi

Bemor yengil karaxt ahvolda bo‘lgani va kuzatuv jarayoniga muhtojligi sababli u reanimasiya bo‘limida bir sutka ushlab turildi. Bugun esa u Bolalar jarohatlari xirurgiyasi va neyroxirurgiya bo‘limiga o‘tkazildi. Hozircha bolaning holati o‘rta og‘ir, hushida, kerakli barcha davo muolajalarini olmoqda”, deydi Sobir Nasimov.

Albatta, ayolning ko‘pchilik o‘zi dunyoga keltirgan bolani yirtqich hayvon quchog‘iga irg‘itganiga nima sabab bo‘lgani bilan qiziqmoqda. Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan sud-tibbiy va boshqa bir qator ekspertizalar tayinlangan. Ularning yakuniga asosan hodisa sabablariga oydinlik kiritilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:26 29.01.2022. O'qildi: 6294 marta. Fikrlar soni: 12 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!