Bu orqali kompaniyalar tashqi bozorga chiqmasdan valyuta mablag‘larini jalb qilish imkoniga ega bo‘ladi, deyiladi prezident ishtirokida o‘tgan taqdimotda.
Shu bilan birga, yig‘ilishda mahalliy kapital bozoriga kamida $1 mlrd investisiya jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilingan.
Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq qimmatli qog‘ozlarni mahalliy va xorijiy fond birjalarda bir vaqtning o‘zida joylashtirishni nazarda tutuvchi "dual listing" amaliyotlariga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.