Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Toshkent — Dushanbe poyezdiga chipta narxi ma’lum bo‘ldi

A A A
Toshkent — Dushanbe poyezdiga chipta narxi ma’lum bo‘ldi

Poyezd Toshkentdan haftaning har seshanba kuni soat 16:15 da jo‘nab ketadi. U 21 soat davomida harakatlanadi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” 20 iyundan Toshkent — Dushanbe yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi harakatlanishni boshlashini tasdiqladi.

301/302-sonli poyezd Dushanbedan haftaning dushanba kunlari jo‘nab ketadi va seshanba kunlari soat 13:43 da Toshkentga yetib keladi.

Toshkentdan haftaning har seshanba kuni soat 16:15 da jo‘nab ketib, Dushanbega chorshanba kuni yetib boradi.

Yo‘lovchi poyezdi 10 ta vagondan: 4 kupe, 5 plaskart va vagon-restorandan iborat.

Sotuv muddatiga qarab chegirmalarni hisobga olgan holda chipta narxi 381 476 so‘mdan boshlanadi.

Chiptalarini temir yo‘l kassalaridan yoki www.chipta.railway.uz, www.e-ticket.railway.uz saytlari orqali xarid qilish mumkin.

Ma’lumot uchun: Toshkentdan Dushanbegacha temir yo‘l orqali bo‘lgan masofa 916 kilometrni tashkil etadi. Poyezd 21 soat davomida harakatlanadi.

Kiritildi: 19:04 15.06.2022. O'qildi: 5309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!