Toshkent davlat yuridik universitetining to‘lov-kontrakt miqdorlari ma’lum bo‘ldi.
12 iyundagi PQ–4749-sonli Prezident qarorining 6-bandida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini o‘zi belgilash huquqi berilgan hamda 1 hafta ichida kontrakt miqdorlarini OAVlarda e’lon qilish topshirilgan edi. Bugun o‘sha muddatning oxirgi kuni.
Toshkent davlat yuridik universiteti ham o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan 10ta OTMning biri sifatida to‘lov-kontrakt miqdorlarini e’lon qildi.
E’tiborlisi ko‘pchilik kutganidek, kontraktlar avvalgidan ko‘tarilib ketmagan, aksincha biroz arzonlashgan ham.
Quyidagi jadvalda kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.