Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi

“Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-149-son, 22.04.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

— Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi;
— Toshkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovasion tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
— Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi;
— Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib qayta nomlanadi;
— Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi;
— Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik liseyi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik liseyi va Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik liseyi Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-, 2- va 3-son akademik liseylari etib qayta nomlanadi.

Ta’lim dasturlarini xalqaro tibbiy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirib, kompetensiyalarga asoslangan tibbiy ta’lim dasturlarini joriy etish Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Kiritildi: 00:32 24.04.2025. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!