Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkent – Chorbog‘ yo‘nalishida avtobus qatnovi qayta yo‘lga qo‘yiladi​​​​​​​

Toshkent – Chorbog‘ yo‘nalishida avtobus qatnovi qayta yo‘lga qo‘yiladi​​​​​​​

Shu yilning 23 martdan boshlab “Mashinasozlar” metro bekati – Chorbog‘ (Humson qo‘rg‘oni) yo‘nalishida avtobuslar harakati tiklanadi.

Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishga 47 o‘rindiqli, kondisionerlar bilan jihozlangan, qulay “MAN RR3” rusumli turistik avtobuslar biriktiriladi. Yo‘l haqi 25 ming so‘m etib belgilangan.

Birinchi qatnov har kuni soat 06:00 da “Mashinasozlar” metro bekatidan boshlanadi. Avtobuslar har 1,5 soatda harakatlanadi.

Yo‘nalish Mashinasozlar metro bekati – Maxtumquli ko‘chasi – Yangi O‘zbekiston bog‘i – Xo‘jikent mavzesi – Chinorkent orqali Humson qo‘rg‘onigacha davom etadi.

Qatnov davomiyligi o‘rtacha 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi. So‘nggi reys soat 20:30da Chorbog‘ tomondan yo‘lga chiqib, 22:00 da “Mashinasozlar” metro bekatiga yetib keladi.

To‘lovni naqd pul va bank kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Kiritildi: Bugun 12:20. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!