“Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishida yangi poyezd qo‘yiladi.
Mazkur dizel poyezdi tarkibi 12 ta vagondan (2 ta VIP, 4 ta biznes, 4 ta ekonom, 1 ta restoran va 1 ta dizel vagoni) iborat.
Poyezd harakat vaqti 6 soatdan iborat bo‘lib, 592 km masofani bosib o‘tadi.
Yangi dizel poyezdi sinovi yakunlangach, yaqin kunlarda yo‘lovchilarga foydalanish uchun topshiriladi.