Kanada bosh vaziri Tryudo Sholsning Putin bilan muloqotini ma’qulladi.
Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
"Ukrainadagi zo‘ravonlikka barham berish va butun dunyo bo‘ylab mojarolarni tugatish naqadar muhimligini barchamiz tushunamiz. Bu ko‘p hollarda biz harakatlaridan norozi bo‘lgan hamkasblarimiz bilan muayyan darajadagi o‘zaro munosabatlarni talab qiladi", — deya Tryudoning so‘zlarini keltiradi Bloomberg.
Kanada bosh vaziri, shuningdek, urush "yaqin oylarda" tugashi mumkinligini aytdi
Eslatib o‘tamiz, 15 noyabr kuni Germaniya kansleri Olaf Shols va Rossiya prezidenti Vladimir Putin so‘nggi ikki yil ichida ilk bor telefon orqali muloqot qilgan edi.