Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkent bozorlarida «Qizil kitob»ga kiritilgan qushlar sotilmoqda

Toshkent bozorlarida «Qizil kitob»ga kiritilgan qushlar sotilmoqda

O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan qushlar Toshkent bozorlarida bemalol sotilmoqda. Xususan, poytaxtning Yangiobod va Chorsu bozorlarida noyob qushlar savdosi kuzatilgan. Bu haqda tabiatni himoya qilishga qaratilgan kanalda ma’lumot berib o‘tildi.

«Aksariyat sotuvchilar qushlarni umumiy nom bilan «sayroqi» deb atashadi. Ekologik partiya hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi qush va jonivorlar sotiladigan bozorlarni jiddiy nazoratga olishi, yo‘qolib borayotgan flora va fauna namoyondalarining sotilishiga chek qo‘yishi, sotuvchilarni jazoga tortishi lozim.

Ana shunday qushlardan biri qorabosh sa’va O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Qushchaning vazni atigi 20 gramm, qanotlarini yeyganda 23 sm.gacha boradi. Hattoki tutqunlikda ham tinmay sayraydi. Agarda yaxshi boqilsa, 15-20 yil yashaydi.

Qorabosh sa’va sayraganda ovoz ohangi 20 marotaba o‘zgaradi. Uning ana shu chiroyli sayrashi qushchalarni ommaviy ravishda tutilib, qora bozorda sotilishiga olib keldi.

Hozirda soni juda kamayib ketgan», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 16:36 06.10.2019. O'qildi: 5416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!