Poytaxtda «Yo‘l haqi to‘lovi – jamiyat madaniyatining o‘lchovi» shiori ostida reyd tadbirlari davom etmoqda.
Shu yilning 1 – 10 dekabr kunlari 38 va 46-avtobus yo‘nalishlarida yo‘l haqi to‘lovini nazorat qilish ishlari kuchaytirilgan tartibda amalga oshirildi. Natijada avtobusda chiptasiz yurgan 238 ta yo‘lovchilar aniqlandi va ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
O‘tgan o‘n kun mobaynida yo‘nalishlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida avtobusda chiptasiz yurgan jami 2 966 ta yo‘lovchilarga nisbatan MJtKning 144-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jarima qo‘llanildi.
Har bir to‘langan yo‘l haqi – bu transport tizimini yaxshilash, yangi avtobuslar sotib olish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan bevosita sarmoyadir.
Eslatma: Xarajatlarni tejashga urinish o‘rniga, jarima to‘lash vaqtida yuzaga keladigan noqulayliklarning oldini olish uchun chiptani o‘z vaqtida xarid qiling yoki to‘lov vositalaridan foydalaning.