Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkent aeroportida uch ayolni Rossiyaga fohishalikka olib ketayotgan ayol qo‘lga olindi

Toshkent aeroportida uch ayolni Rossiyaga fohishalikka olib ketayotgan ayol qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida 3 nafar ayolni fahsh maqsadlarda chet davlatga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi 32 yoshli ayol moddiy-ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 47, 36 va 31 yoshli uch nafar ayolga ularni Rossiyaga ishga jo‘natishni va’da qilgan. Shuningdek, jo‘nab ketish xarajatlarini to‘liq o‘zi qoplashini aytib, ularning ishonchiga kirgan.

Qayd etilishicha, aslida u rossiyalik Anya ismli qiz bilan kelishib, ayollarni fahsh maqsadlarida sotishni ko‘zlagan. Unga har bir ayol uchun 400 rubl va’da qilingan.

Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Toshkent xalqaro aeroportida aldov qurboniga aylangan ayollar to‘xtatib qolingan. Gumonlanuvchi esa daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:33. O'qildi: 387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!