Ilon Maskning tasdiqlangan 14 farzandidan birining onasi Eshli Sent‑Kler milliarderning jamiyatga xavfli ta’siri haqida ogohlantirdi. Venesiya kinofestivalida Aleks Gibnining "Mask" hujjatli filmining premyerasida u biznesmen o‘zining ijtimoiy tarmog‘i orqali jamiyatda ataylab bo‘linishni qo‘zg‘atayotganini va bu oqibatlarni "potensial halokatli" deb ataganini da’vo qildi.
Eshli Sent‑Klerning so‘zlariga ko‘ra, Mask ularning yozishmalarida u bilan farzand ko‘rishni xohlayotganini aytib o‘tgan, chunki unga "fuqarolar urushidan oldin ko‘plab bolalar kerak edi". Ularning o‘g‘li 2024 yilda tug‘ilgan, shundan keyin er-xotin ajrashishgan. Sent-Klerning ta’kidlashicha, Maskning jamoasi unga oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi bitimni imzolash evaziga bir martalik 40 million dollar va oyiga 100 000 dollar miqdorida nafaqa taklif qilgan, ammo u rad etganidan keyin taklifni qaytarib olgan.
Rejissor Aleks Gibni o‘z navbatida Maskning sivilizasiya qulashiga bo‘lgan qiziqishi uning Janubiy Afrikadagi qiyin bolaligidan kelib chiqqan deb taxmin qildi. Gibni uch yil davomida ishlagan to‘rt soatlik filmda Maskning startap asoschisidan magnatgacha bo‘lgan yo‘li tasvirlangan. Rejissyorning so‘zlariga ko‘ra, Maskning hikoyasi "boyligi va kuchi aksiya narxlarini ko‘tarish asosida qurilgan firibgarning hikoyasidir".