Bugun 11 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Chorvoqda cho‘kib ketgan ikki kishining jasadi topildi

Chorvoqda cho‘kib ketgan ikki kishining jasadi topildi

10 sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi g‘avvoslari Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan 3 nafar fuqarolardan ikkinchisining jasadini topishdi.

Eslatib o‘tamiz, voqea 2 sentyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan. Katerda sayr qilish paytida oila a’zolaridan biri cho‘milish uchun suvga tushgan. Qutqaruv nimchasi bo‘lmagani uchun u cho‘kkan va unga yordam berish maqsadida akasi va otasi ham suvga tushishgan.

Oqibatda uchalasi ham cho‘kib ketishgan. Kichik o‘g‘lining jasadi kecha, 9 sentyabr kuni soat 13:02 da FVV g‘avvoslari tomonidan topilgan.

Bugun soat 12:07 da FVV qutqaruvchilari ikkinchi cho‘kib ketgan ukasining jasadini topishdi. Otaning jasadini qidirish ishlari davom etmoqda

Kiritildi: 14:45 10.09.2026. O'qildi: 1106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!