Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent aeroportida shamol yo‘nalishining o‘zgarishi sabab bir nechta samolyotlar qo‘na olmadi

Toshkent aeroportida shamol yo‘nalishining o‘zgarishi sabab bir nechta samolyotlar qo‘na olmadi

Toshkent xalqaro aeroportida shamol yo‘nalishining keskin o‘zgarishi tufayli mahalliy vaqt bilan soat 16:03 da havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu sababli quyidagi reyslar qo‘na olmadi:

  • "Qanot Sharq" aviakompaniyasining Kamran – Toshkent yo‘nalishidagi HH-2232 reysi (qo‘nish vaqti 16:35);

  • "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Maxachqala – Toshkent yo‘nalishidagi HY-9732 reysi (qo‘nish vaqti 16:42);

  • "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Dehli – Toshkent yo‘nalishidagi HY-424 reysi (qo‘nish vaqti 16:51) Samarqanddagi zaxira aerodromga yo‘naltirildi.

Shuningdek, "Air Astana" aviakompaniyasining Astana – Toshkent yo‘nalishidagi KS-123 reysi Turkistondagi zaxira aerodromga qo‘nishga qaror qildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 16:30 da vaziyat barqarorlashdi, aeroportda havo qatnovi qayta tiklandi. Hozirda aeroport odatdagi tartibda ishlamoqda. Zaxira aerodromlarga qo‘ngan samolyotlar Toshkentga qayta uchish uchun tayyorlanmoqda.

🌀 Eslatib o‘tamiz: shamol silishuvi — bu qisqa masofa ichida shamolning yo‘nalishi yoki tezligining keskin o‘zgarishi holatidir. U gorizontal yoki vertikal bo‘lishi mumkin va samolyotlarga parvoz, ko‘tarilish yoki qo‘nish paytida sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Kiritildi: 17:42 19.06.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!