Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Torontodagi ko‘cha festivalida yuz bergan otishma natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi

Torontodagi ko‘cha festivalida yuz bergan otishma natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi


Kanadaning Toronto shahrida bo‘lib o‘tayotgan ko‘cha festivalida otishma sodir bo‘ldi, natijada ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN tezkor xizmatlar va shahar rasmiylariga tayanib.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, yana uch kishi tan jarohati olgan. Reuters agentligining ma’lum qilishicha, polisiya jabrlanganlarning ahvoli haqida hozircha hech qanday ma’lumot bermagan. Huquq-tartibot idoralari voqea tafsilotlarini hozircha rasman oshkor qilmayapti.

Norasmiy xabarlarga ko‘ra, ikki shaxs bir-birini nishonga olib, o‘q uzgan. Otishmada qatnashgan shaxslar qidirilmoqda. Voqea joyida ikki dona o‘qotar qurol topilgan.

Ma’lumot uchun, otishma "Salsa on St. Clair" festivali vaqtida sodir bo‘lgan, bu Kanadadagi eng yirik lotin amerika ko‘cha festivali bo‘lib, u Toronto markazida o‘tkaziladi.

Festival saytida xabar berilishicha, tadbir 22 yildan buyon o‘tkazib kelinadi va unga 900 mingdan ortiq odam tashrif buyuradi.

Kiritildi: 20:41 12.07.2026. O'qildi: 842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!