Ma’lum bo‘lishicha, Almasadam Satkaliyev Prezidentga Milliy farovonlik jamg‘armasini isloh qilish to‘g‘risida hisobot bergan.
Shuningdek, u energetika, neft-gaz va infratuzilma sohalarida amalga oshirilayotgan yirik sarmoyaviy loyihalar, asosiy aktivlarni xususiylashtirish hamda IPO qilish rejalari haqida ma’lumot berdi.
Avvalroq Toqayev jamg‘arma rahbari haqida: “Agar u topshiriqni uddalay olmasa, u va shu bilan birga fondning o‘zi ham unutilib qoladi”, degan edi.
Shundan so‘ng jamg‘arma xodimlari 50 foizga qisqarishi va xorijdagi vakolatxonalar yopilishi haqida e’lon qilingan.