Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toni Kroos - Lamin Yamal haqida: "Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman"

Toni Kroos - Lamin Yamal haqida: "Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman"

Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos "Barselona" vingeri Lamin Yamal haqida qanday fikrda ekanini aytdi.

Germaniyalik sobiq futbolchi "ko‘k-anorranglilar"ning yosh yulduzi o‘yinidan juda ta’sirlanganini tan oldi.

"Men ham 17 yoshimda asosiy jamoa o‘yinlariga jalb qilinganman, ammo hozirgi Yamal darajasida emasdim. Uning qilayotgan ishi tentaklik. Men hech qachon uning yoshidagi futbolchilarning ijrosida bunday holatni ko‘rmaganman. Men uning davomiyligi haqida gapiryapman, chunki tabiiy in’om shundoq ham aniq. U o‘ziga xos, chunki qiyin paytlarda har doim mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Bu 17 yoshli futbolchi uchun normal holat emas," - deya bir yil avval faoliyatini yakunlagan Kroosning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

13 iyul kuni Lamin Yamal 18 yoshga to‘ladi.

Kiritildi: 10:03 09.07.2025. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!