Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toncoin kriptovalyutasi egalari uchun BAAda “oltin vizalar” dasturi e’lon qilindi

A A A
Toncoin kriptovalyutasi egalari uchun BAAda “oltin vizalar” dasturi e’lon qilindi

Pavel Durov tomonidan asos solingan Toncoin kriptovalyutasi egalari uchun Birlashgan Arab Amirliklarida 10 yil muddatga “oltin viza” olish imkonini beruvchi yangi dastur ishga tushirilgani e’lon qilindi. Buning uchun kamida 100 ming dollar miqdorida Toncoin sotib olish va qo‘shimcha ravishda 35 ming dollar komissiya to‘lash talab etiladi.

Kompaniya saytida yozilishicha, hujjatlar topshirilganidan so‘ng vizani 7 haftadan kamroq muddatda olish mumkin. Bundan tashqari, kriptovalyutaga egalik qiluvchi shaxsning turmush o‘rtog‘i, farzandlari va ota-onasi ham shu viza asosida yashash huquqiga ega bo‘ladilar. Ushbu xabardan so‘ng Toncoin kursi 12 foizga oshdi.

BAAda 10 yillik “oltin vizalar” odatda kapitali kamida 2 million dirham (taxminan 462 ming yevro) bo‘lgan tadbirkorlar va investorlar uchun beriladi. Shuningdek, buning uchun yillik soliq to‘lovlari kamida 250 ming dirham (taxminan 57 800 yevro) bo‘lishi kerak.

Kiritildi: 20:25 06.07.2025. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!