Tomorqasiga ekin ekmaganlar moliyaviy jihatdan jazolanadi.
Bir muddat avval tomorqasida ekin ekmagan va qarovsiz qoldirganlarga nisbatan yer solig‘i uch karra yuqori miqdorda hisoblanishi aytilgan edi.
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, hokim yordamchilari aholi xonadonlaridagi tomorqada ekin ekilishi bo‘yicha xatlov o‘tkazishni boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, xatlov davomida, tomorqa yerlarida ekin ekmagan va qarovsiz qoldirganlarga kredit ajratilmaydi, tegishli moddiy yordamlar tayinlanmaydi va yer solig‘i uch karra yuqori miqdorda hisoblanadi. Xatlovda, tomorqangiz bo‘yicha qanday ma’lumot kiritilganligini mahallangizdagi hokim yordamchisidan aniqlab olishingiz mumkin.