Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Tomas Tuxel Chempionlar Ligasida o‘ziga xos natija qayd etdi

A A A
Tomas Tuxel Chempionlar Ligasida o‘ziga xos natija qayd etdi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finalida “Bavariya” “Arsenal”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel faoliyatida o‘ziga xos natijani qayd etdi. Mutaxassis uchta turlicha klub bilan musobaqa yarim finaliga chiqqan ilk nemis murabbiyiga aylandi.

Bunga qadar Tuxel “Chelsi” va “PSJ” bilan yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Tomas 2019/20 yilgi mavsumda “PSJ” bilan birgalikda finalga qadar yetib borgan va hal qiluvchi bahsda “Bavariya”ga imkoniyatni boy bergandi.

2020/21 yilgi mavsumda esa “Chelsi” murabbiyi sifatida shohsupaga ko‘tarilgan. Finalda “Manchester Siti” mag‘lub etilgandi.

Joriy mavsum Chempionlar Ligasi yarim finalida Tomas Tuxel boshchiligidagi “Bavariya” “Real”ga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 30 aprelga to‘g‘ri kelsa, javob o‘yini esa 8 may sanasida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:38 18.04.2024. O'qildi: 907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!