Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

“Tolibon” kuchlari va Pokiston harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lmoqda

“Tolibon” kuchlari va Pokiston harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lmoqda

“Durand chizig‘i bo‘ylab Paktika, Paktiyo va Xost viloyatlarida “Tolibon” kuchlari va Pokiston harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lmoqda”, deb xabar bermoqda “Tolibon”ga yaqin manba.

Pokiston Afg‘onistonning bir qancha viloyatlariga havo hujumlari uyushtirdi. Hujumdan maqsad “Pokiston Tolibon”lariga zarba berish bo‘lgan, ammo ayollar va bolalar yashagan uy nishonga olinishi sababli sakkiz kishi halok bo‘lgan. Havo hujumlaridan so‘ng Durand chizig‘ida to‘qnashuvlar boshlangan.

“Bunday hujumlar Afg‘oniston suverenitetini buzish hisoblanadi va bu davlat nazorat qila olmaydigan yomon oqibatlarga olib keladi”, — dedi “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid.

Kiritildi: 20:59 18.03.2024. O'qildi: 2174 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!