Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tolibon Afg‘onistonda MMA sport turini taqiqladi

Tolibon Afg‘onistonda MMA sport turini taqiqladi

Tolibon Afg‘onistonda Islom dini qonunlariga zid bo‘lgani uchun MMA sport turini taqiqladi. Bu yerda gap faqat shortilar va yarim-yalang‘och kiyim haqida emas. Gap shundaki, shariatga ko‘ra, insonni kaltaklash mumkin emas, chunki bu jarohat yoki hatto o‘limga olib kelishi mumkin.

Tolibon axloq polisiyasi rahbari Muhammad Xolid Hanafiy tomonidan imzolangan rasmiy taqiq akti may oyining oxirida paydo bo‘ldi. Biroq, bu buyruq endigina ijro uchun qabul qilindi.

Taqiqlashning shariat asoslari quyidagilardan iborat: aralash jang san’ati ko‘z, yuz va miya jarohati bilan tahdid qiladi va o‘limga olib kelishi mumkin, bu shariat (islomdagi qoidalar to‘plami) bo‘yicha qabul qilinishi mumkin emas.

Kiritildi: 00:45 30.08.2024. O'qildi: 1546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!