Rossiya prezidenti yordamchisi Nikolay Patrushev "2025 yilda allaqachon Ukraina davlat sifatida mavjud bo‘lishni to‘xtatadi", dedi.
"Ayniqsa, neonatsist mafkurasiga zo‘ravonlik bilan majburlash va keskin rusofobiya Ukrainaning bir paytlar gullab-yashnagan shaharlarini, jumladan Xarkov, Odessa, Nikolayev, Dnepropetrovskni yo‘q qilayotgani tashvishlantiryapti. Boshlangan yilda Ukraina butunlay o‘z mavjudligini to‘xtatishi ehtimoldan xoli emas," dedi Patrushev.
Uning aytishicha, "Moldova hukumatining Rossiyaga qarshi siyosati bu davlatning butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin."
"Kishinevning Rossiyaga qarshi tajovuzkor siyosati Moldovaning boshqa davlat tarkibiga kirishiga yoki butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishini istisno etmayman. Bunday vaziyatda neonasizm va rusofobiya maxsus harbiy operasiyadan ancha oldin mamlakatni halokatga olib kelgan Ukraina misolini ko‘rish mumkin," deya qo‘shimcha qildi Patrushev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya va Qo‘shma Shtatlar Ukraina bo‘yicha boshqa davlatlar ishtirokisiz muzokara olib borishi kerak”: “London yoki Bryussel bilan gaplashadigan hech narsa yo‘q. Yevropa Ittifoqi rahbariyati uning bir qator a’zolari, jumladan, Vengriya, Slovakiya, Avstriya, Ruminiya va Yevropada barqarorlikdan manfaatdor bo‘lgan va Rossiyaga nisbatan muvozanatli pozisiyani egallagan boshqa ba’zi Yevropa davlatlari nomidan gapirishga haqli emas. ”