Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Tokioda falastinliklar xotirasi uchun miting uyushtirildi

Tokioda falastinliklar xotirasi uchun miting uyushtirildi

Tokioda G‘azo kasalxonalarida halok bo‘lgan falastinliklar xotirasiga bag‘ishlangan miting tashkil etildi. Namoyish poytaxtning asosiy savdo markazlaridan biri, Shinjuku maxsus palatasida bo‘lib o‘tdi.

Yaponiya poytaxtidagi o‘nlab nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari va musulmon mamlakatlari fuqarolari dunyodagi eng gavjum temir yo‘l vokzallaridan biri – Shinjukuga kelishdi.

“G‘azo ochiq havo kasalxonasi” deya nomlangan aksiya doirasida faollar piyodalar yo‘lagiga yotib olib, shifoxonalarda halok bo‘lgan, Falastin bayrog‘i yoki qizil choyshab bilan o‘ralgan marhumlarni ifodalashga harakat qilgan.

Namoyishchilar, shuningdek, halok bo‘lgan bolalar ramzi sifatida “qonli” kafanga o‘ralgan qo‘g‘irchoqlarni yerga terib qo‘yishdi.

Vokzal yonidan o‘tayotgan piyodalar qamal hududidagi shifoxonalardagi tasvir, tovush aks ettirilgan ko‘rsatuvni tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Odamlar “Isroilga qarshi sanksiya qo‘llang!” va “Yapon xalqi Falastin xalqi bilan birga” shiorlarini ko‘tarib yurgan.

Isroilni genosidda ayblagan Xalqaro sud qarorida Tel-Avivdan 1 millionga yaqin falastinlik boshpana topgan Rafohga hujumni zudlik bilan to‘xtatish talab qilingan.

Sakkiz oydan buyon davom etayotgan urush G‘azoning aksar hududini vayronaga aylantirdi. Mahalliy aholi oziq-ovqat, toza suv va dori-darmon bilan bog‘liq kuchli tanqislikka duch kelmoqda.

Kiritildi: 19:45 24.06.2024. O'qildi: 1089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!