Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida ishlab kelgan Abdujabbor Rahmonzoda lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Sputnik Tojikiston” nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Abdujabbor Rahmonzodaning o‘rniga Nasriddin Ismatullo tayinlangan, bungacha u Tojikiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Diplomat va siyosatchisi Ismatullo Nasriddin 1971 yil 21 fevralda tug‘ilgan. U Tojikiston Tashqi ishlar vazirligida birinchi o‘rinbosar lavozimida ishlagan. Ilgari u Tojikistonning Avstriya, AQSh va boshqa davlatlardagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Ismatulloning faoliyati asosan tashqi siyosat, xavfsizlik va xalqaro hamkorlik sohalariga qaratilgan.