O‘qituvchilar yetishmovchiligi muammosini bartaraf etish maqsadida joriy yilda Tojikistondagi o‘rta ta’lim muassasalariga 3168 nafar pedagog-mutaxassis yuborildi. Ulardan 2512 nafari oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari (shundan 629 nafari kvota bo‘yicha), shuningdek, 656 nafari o‘rta kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari va pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 4-5 kurs talabalari.
Bu raqamlar Xalq ta’limi vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi
Maktablarni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash davlat va hukumatning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi, chunki mamlakat maktablarida o‘qituvchilarning yetishmasligi sohadagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.