"Zilzila vaqtida Tog‘li Badaxshon hududining Usturpast qishlog‘ida uch yoshli bola uy devori ostida qolib, halok bo‘ldi", deya xabar bermoqda Asia-Plus Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasiga tayanib.
Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni ertalab soat 9:24 da yer silkinishi yuz berdi. Uning episentri Rashtdan 21 km shimolda va Dushanbedan 160 km shimoli-sharqda joylashgan. Episentrda 7 ballik zilzila kuchi sezilgan. Rasht tumanida yer silkinishi kuchi 5–6 ballni, Dushanbeda esa taxminan 3 ballni tashkil etdi.
Kun davomida Rasht tumanida yana ikki marta yer silkinishi kuzatildi — soat 12:41 va 13:33 da, ularning kuchi taxminan 3-4 ball atrofida bo‘ldi.
Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila oqibatida 29 ta uy va 1 ta maktab zarar ko‘rgan.