Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tojikistonda oltin qazib olish ko‘rsatkichi sezilarli ravishda ortdi

Tojikistonda oltin qazib olish ko‘rsatkichi sezilarli ravishda ortdi

Tojikistonda 2022 yilning birinchi yarmida oltin qazib olish ko‘rsatkichi 15 foizga oshdi.

18 iyul kuni Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir shu haqda ma’lum qildi, deyiladi «Xovar» agentligi tarqatgan xabarda.

«Tojikistonda oltin qazib olish ko‘rsatkichi 2022 yilning birinchi yarmida 15 foizga ortdi, bu yaxshi natija hisoblanadi», – dedi vazir. Uning ta’kidlashicha, 2022 yilda ikkita yirik oltin qazib olish korxonasi ishga tushirildi. Vazirning umid bildirishicha, yangi «TALKO Gold» va «TVEA Dushanbe» korxonalari faoliyati qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish miqdorini yanada oshiradi va mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

«Yil oxirigacha zargarlik mahsulotlari uchun qimmatbaho metallarni qayta ishlovchi to‘rtta korxonani ishga tushirish rejamiz bor», – deya aniqlik kiritdi Sherali Kabir.

Uning ta’kidlashicha, Tojikistonda jami 19 ta korxona oltin qazib olish bilan shug‘ullanadi.

Kiritildi: 18:59 19.07.2022. O'qildi: 3846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!