Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tojikistonda noqonuniy mayning uchun javobgarlik kuchaytirildi

Tojikistonda noqonuniy mayning uchun javobgarlik kuchaytirildi

Tojikiston parlamenti noqonuniy kriptovalyuta mayningi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlarni ma’qulladi.

Mamlakat Jinoyat kodeksiga 253(2)-modda — “Virtual aktiv ishlab chiqarish maqsadida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish” kiritilmoqda.

Qonunga muvofiq:
➖ kriptovalyuta mayningi uchun elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish 1650–4070 AQSh dollari miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi;
➖ agar qoidabuzarlik bir guruh shaxslar tomonidan yoki ayniqsa yirik miqdorda sodir etilsa, 4125–8250 dollar jarima yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llaniladi;
➖ mayning maqsadida elektr energiyasini yirik miqdorda, guruh bo‘lib talon-taroj qilish 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Tojikiston Bosh prokurori Habibullo Vohidzodaga ko‘ra, noqonuniy mayning ayrim hududlarda elektr energiyasi tanqisligi va tez-tez o‘chishlarga sabab bo‘lmoqda. Uning ma’lum qilishicha, mamlakatda noqonuniy mayningdan yetkazilgan zarar 3,52 million AQSh dollarini tashkil etgan.

Kiritildi: 16:13 15.12.2025. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!