Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tojikistonda ilk islomiy bank ochildi

Tojikistonda ilk islomiy bank ochildi

Tojikiston poytaxti Dushanbeda Islom qonunlari bo‘yicha moliyaviy faoliyat amalga oshiruvchi birinchi bankka lisenziya berildi. U 2014 yilda qabul qilingan Islom moliyasiga oid qonun asosida faoliyat olib boradi. Bu haqida Mir24 xabar berdi.

Islomiy bankda ribo (foiz)ni harom bo‘lib, u to‘laligicha shariat qoidalari bo‘yicha faoliyat olib boradi. Unda kreditlash degan tushunchaning o‘zi yo‘q. Buning o‘rniga bank sarmoyador sifatida potensial mijozini sarmoyalaydi. Bunda mijozi olgan foydasidan shartnomaga muvofiq bank o‘z ulushini oladi.

«Bugun biz qanday ishlash va rivojlanish strategiyasini muhokama qildik. Agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, biz faoliyatimizni kengaytiramiz. Ushbu bankning ochilishi Respublika bank tarixida yangi sahifani ochib beradi», — deydi «Tavhid bank» direktori Sherali Zardov.

Islomiy bank foiz asosida ishlamasligi hamda shariat nojoiz deb topgan faoliyat turlari, masalan, spirtli ichimliklar ishlab chiqarishni sarmoyalamasligi kerak.

 

 

Kiritildi: 06:06 28.09.2019. O'qildi: 1925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!