Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tojikiston terma jamoasi Rossiya taklifini qabul qilmadi

Tojikiston terma jamoasi Rossiya taklifini qabul qilmadi

Tojikiston futbol federasiyasi Rossiya futbol ittifoqining noyabr oyida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish taklifini rad etdi. Bu haqda TASS agentligiga Tojikiston futbol federasiyasi vakili ma’lum qilgan.

«RFI iyun-iyul oylaridayoq taklif bilan chiqqandi, ammo bizda noyabr oyiga boshqa uy o‘yinlari rejalashtirilgan», dedi tashkilot.

2022 yilning bahorida Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) va Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tavsiyalaridan kelib chiqib, Rossiya terma jamoasini, shuningdek, Rossiyaning barcha klublarini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirishga qaror qildi. Bunga Ukrainaga bosqin sabab bo‘ldi.

Rossiyalik futbolchilar JCH-2022 pley-off bosqichini, jahon chempionatining o‘zini va 2024 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatini o‘tkazib yuborishdi.

5 sentyabr kuni Rossiya terma jamoasi Xanoyda Vetnam terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 3:0 hisobida yakuniga etdi. 7 sentyabr kuni Xanoyda Rossiya va Tailand terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini to‘fon sababli qoldirildi. Pokiston termasi ham Rossiya bilan o‘ynashdan bosh tortdi.

Kiritildi: 06:49 08.10.2024. O'qildi: 1231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!